Mana 17 yildirki, biz sheriklarimizning muvaffaqiyati va ravnaqi uchun qulay muhit yaratmoqdamiz. Biz Ob’yektlarga texnik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq barcha tashvishlarni o'z zimmamizga olamiz, shunda siz diqqatingizni biznesingizning ixtisoslashgan yo'nalishlariga qaratishingiz mumkin.
DAKO Professional Team ishlab chiqarish, ofis maydoni, savdo korxonalari, mehmonxona, sport va ijtimoiy ahamiyatga ega Ob’yektlar kabi barcha toifadagi ko'chmas mulkka xizmat ko'rsatadi.
Xizmat ko'rsatiladigan Ob’yektlarning umumiy maydoni 5 million kvadrat metrdan oshadi. Har bir ob'ekt uchun biz texnologik xaritalar va kerakli uskunalardan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar tayyorlaymiz. Barcha yuvish va gigiena vositalari puxtalik bilan tanlanadi va mijozlarimizning talablariga javob beradi.
Klining sohasida tajiribasi 25 yildan ortiq, o'z martabasini eng past darajadan — Polshada liniya tozalovchisi lavozimidan boshlagan. 2006 yilda sheriklari bilan Rossiyada DAKO Professional Team kompaniyasini tashkil etdi. Shundan buyon uning doimiy rahbari bo’lib kelmoqda.
Turli lavozimlardagi tajribasi va ilg'or texnologiyalarni joriy etish ishtiyoqi tufayli Rafal sohadagi eng taniqli mutaxassislardan biridir. Uning ishlash tamoyillari: mijozlarga yo’naltirilganlik, halollik, yaxshi natijaga intilish DAKO franchayzing tarmog'ining o'ziga xos belgisiga aylandi.
2012 yildan boshlab mijozlar portfelini rivojlantirish bilan, so'nggi 5 yil ichida esa butun kompaniyaning iqtisodiy samaradorligi bilan ham shug'ullanadi.
Ruslanning shaxsiy fazilatlari: sinchkovlik, tejamkorlik va matematik fikrlash mijoz uchun maqbul narxda yuqori sifatli xizmatga erishishga imkon beradi. Polshada bo'linmalarimizni boshqarish tajribasi tufayli Ruslan uzoq muddatli rejalashtirish ko'nikmalariga ega bo'ldi. Ushbu qobiliyat Yevropa biznesining standartidir. Natijada, DAKO-ning moliyaviy strategiyasi bizning franchayzerlarimiz va ularning mijozlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qaratilgan.
Ob’yektlarga iqtisodiy xizmat ko'rsatish sohasida rahbarlik lavozimlarida 15 yillik tajribaga ega. Domodedovo aeroportining klining boshlig'i sifatida, ikki mingdan ortiq xodimi bilan tozalash sifatini eng yuqori darajaga ko'tardi.
Shuningdek, Yelena O1 Properties boshqarmasida tijorat ko'chmas mulkiga, ko'plab A toifadagi Biznes markazlariga xizmat ko'rsatish uchun, ya’ni tozalash va qo'shimcha ishlari bo'yicha mas’ul bo’lgan.
Kompaniyada Yelena franchayzi Ob’yektlarida DAKO standartlari va texnologiyalariga rioya qilish, shuningdek xizmatlar sifatini nazorat qilish va mijozlarining franchayzerlardan mamnun bo’lishi uchun javobgardir.
Franchayzing tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha soha mutaxassisi. Andrey FM sohasini raqamlashtirishni ilgari suradi va FM-da texnologiyalarni joriy etishga bag'ishlangan biznes-turlarning nafaqat faol ishtirokchi, balki tashkilotchisi hamdir.
Uning ishining asosiy tamoyillari: yangilik, mahorat, samimiylik.
Kompaniyadagi 10 yillik faoliyati davomida Natalya mijozlar bilan ishlash bo'yicha noyob qobiliyatlatlarga va tozalash texnologiyalari bo'yicha keng bilimlarga ega bo'ldi. Ishning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish tozalash xizmatlarining narxini iloji boricha aniqroq bashorat qilishga yordam beradi.
Uning vazifalariga franchayzi uchun mijozlarni jalb qilish va tijorat takliflarini ekspertlik baholash kiradi.
Natalyaning bevosita ishtirokida bizning franchayzerlarimiz Sankt-Peterburgdagi Veer Mall savdo markazi, One Trinity Place turar-joy majmuasi, Sokos va Radisson group mehmonxonalar tarmog'iga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalarni qo’lga kiritdi.
Ko'chmas mulkka kompleks xizmat ko’rsatish xizmatlarini sotish bo’yicha ko'p yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega. Kompaniyada ishlagan davrida mijozlar bilan ishlashda individual yondashuv ko'nikmalariga ega bo'ldi.
Firuzaning asosiy vazifasi franchayzerlarimiz tomonidan yirik Ob’yektlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalar tuzishdir.
Uning kelishi bilan bizning franchayzerlarimiz portfeli "LITERATOR" turar-joy majmuasi, "Aristokrat" turar-joy majmuasi, Arco Di Sole turar-joy majmuasi, FM Logistic logistika kompleksi va boshqalar kabi Ob’yektlar bilan to'ldirildi.
10 yildan ortiq vaqt davomida kadrlar sohasida ekspert 5 000 dan ortiq xodimlari bo'lgan klining kompaniyasida xodimlarni tanlash tajribasiga ega.
Annaning asosiy vakolatlari: muhit o'zgarishiga tezda moslashish qobiliyati, ijodiy fikrlash, muvaffaqiyatga ishonch va ijobiy munosabat.
Samarali tashkil etilgan ish tufayli kompaniyaning boshqaruv tarkibi va franchayzerlarimiz Ob’yektlaridagi operasion shtatlar belgilangan muddatlarda zarur xodimlar bilan ta'minlangan.